Zamon Clinic Shifokor-Laboranti
Ummatova Mashxura — zamonaviy klinika diagnostikasining eng muhim bo'g'inida faoliyat yurituvchi, tahlillar (analizlar) asosida kasalliklarga aniq va ishonchli tashxis qo'yuvchi yosh va izlanuvchan shifokor-laborantdir. U Zamon Clinic innovatsion laboratoriyasida xalqaro standartlarga javob beradigan yuqori texnologiyali avtomatlashtirilgan analizatorlar bilan ishlaydi. Har bir tahlilning aniqligi va qisqa muddatlarda tayyor bo'lishi shifokorning doimiy e'tiborida bo'ladi.
Klinikamizda barcha turdagi laboratoriya tahlillari eng zamonaviy uskunalarda, mutaxassis nazorati ostida amalga oshiriladi.