• Uz O'zbekcha (UZ)
  • Ru Русский (RU)
  • En English (EN)
Tahlil natijalari 24/7
Hamshiralik ishi Navbatchilikda

Muydinova Muqadasxon

Zamon Clinic Bosh Hamshirasi

Mutaxassis haqida

Muydinova Muqadasxon sog'liqni saqlash tizimida va hamshiralik ishini tashkil etishda 40 yillik boy va mukammal tajribaga ega fidoyi mutaxassis. Zamon Clinic markazida o'rta va kichik tibbiyot xodimlari ish faoliyatini muvofiqlashtirish, statsionar va ambulator sharoitda bemorlarga yuqori sifatli parvarish ko'rsatilishini ta'minlash hamda klinika hududida sanitariya-gigiyena qoidalariga qat'iy rioya etilishini nazorat qilish bo'yicha yetakchi mas'ul hisoblanadi.

Xizmat ko'rsatish va nazorat yo'nalishlari

  • Klinikaning barcha bo'limlarida hamshiralik xizmatlari sifatini doimiy nazorat qilish
  • Bemorlarni parvarish qilish jarayonlarini xalqaro standartlar asosida tashkil etish
  • Tibbiy muolajalar va manipulyatsiyalarning to'g'ri hamda xavfsiz bajarilishini ta'minlash
  • Shoshilinch tibbiy yordam va muolaja xonalarining dori-darmon hamda asbob-uskunalar bilan to'liq ta'minlanishi

Ish tartibi

Dushanba - Juma 08:30 - 16:30
Shanba 08:30 - 13:00
Yakshanba Dam olish kuni

Malakali hamshira yordami kerakmi?

Klinikamizda barcha turdagi tibbiy muolajalar, ukol-kapelnisalar va kecha-yu kunduz parvarish xizmatlari eng yuqori darajada yo'lga qo'yilgan.

Ma'lumot olish